Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Aholini kelayotgan sovuq kunlarda uzluksiz va xavfsiz tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida tuman va shahar gaz ta’minoti bo‘limlari tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari qizg‘in davom etmoqda.
Bugungi kunda mavjud gaz tarmoqlari, gaz rostlash punktlari, uzatish quvurlari hamda boshqa muhim inshootlar to‘liq ko‘zdan kechirilmoqda. Texnik jihatdan nosoz holatdagi uskunalar ta’mirlanmoqda yoki yangilariga almashtirilmoqda. Shu bilan birga, avariya holatlarini oldini olish, bosimni barqaror ushlab turish va gaz yetkazib berishdagi uzilishlarning oldini olish maqsadida profilaktika ishlari ham olib borilmoqda.
Bu ishlar maxsus reja asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Xodimlar aholiga qish mavsumida qulay va xavfsiz sharoit yaratish yo‘lida o‘z xizmat burchlarini mas’uliyat bilan bajarmoqda.
Hududlarda olib borilayotgan bu ishlar kelgusida gaz ta’minotida uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, iste’molchilarning ehtiyojlarini o‘z vaqtida qondirishga xizmat qiladi.