Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Sirdaryo” gaz ta’minoti filialining Sayxunobod gaz to‘ldirish shaxobchasida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda obyekt rahbariyati va fuqaro muhofazasi tuzilmalarining o‘zaro hamkorlikdagi harakatlariga bag‘ishlangan maxsus-taktik o‘quv mashqi bo‘lib o‘tdi.
Mashg‘ulot davomida texnika vositalaridan foydalanish, xodimlarga tezkor yordam ko‘rsatish va xavfsizlik choralarini ko‘rish bo‘yicha amaliy mashqlar bajarildi.
Bunday tadbirlar xavfsizlikni ta’minlash va favqulodda vaziyatlarga samarali tayyor turish maqsadida muntazam o‘tkazilmoqda.