Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Guliston tumanida kuz-qish mavsumini xavfsiz va uzluksiz o‘tkazish maqsadida tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda. Tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari aholiga sifatli va barqaror tabiiy gaz yetkazib berishni ta’minlash uchun bir qator amaliy choralarni ko‘rmoqda.
Ishlar doirasida mavjud gaz tarmoqlari va uskunalar texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, eskirgan qismlar yangilanmoqda. Shuningdek, gaz ta’minoti tizimi bosqichma-bosqich 3 bosqichli tizimdan 2 bosqichli tizimga o‘tkazilmoqda. Bu esa gaz bosimini barqarorlashtirish va iste’molchilarga yetkazib berish sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, xavfsizlikni yanada kuchaytirish maqsadida uy ichidagi gaz quvurlari ko‘chaga chiqarilmoqda. Bu chora gazdan foydalanish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni kamaytiradi.
Mutaxassislar tomonidan xonadonlarda gaz jihozlari sozligi tekshirilmoqda, xavf tug‘diruvchi holatlar bartaraf etilmoqda va aholi o‘rtasida gazdan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur chora-tadbirlar tufayli Guliston tumanida kuz-qish mavsumida tabiiy gaz ta’minotida uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik rejalashtirilgan.