Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Kuz-qish mavsumida aholining xavfsizligini ta’minlash va tabiiy gazdan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini oshirish maqsadida gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari, favqulodda vaziyatlar bo‘limi (FVB) mutaxassislari bilan hamkorlikda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bormoqda.
Ushbu tadbirlar davomida xonadonlarga kirib, isitish tizimlari, gaz jihozlari va tutun chiqarish moslamalarining texnik holati o‘rganilmoqda. Shuningdek, aholiga kuz-qish mavsumida gazdan foydalanishning xavfsizlik qoidalari, is gazidan zaharlanishning oldini olish choralari va favqulodda holatlarda qanday harakat qilish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berilmoqda.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, mavsumiy tayyorgarlik nafaqat gaz ta’minotida uzluksizlikni, balki inson hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilishni ham ta’minlaydi. Shu bois, har bir iste’molchi o‘z xonadonidagi gaz jihozlarini mavsum oldidan tekshirtirishi, nosozliklarni bartaraf etishi va xavfsizlik choralariga qat’iy amal qilishi zarur.