Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Sirdaryo” gaz ta’minoti filialida har bir xodimning mehnati qadrlanadi. An’anaga ko‘ra, har chorshanba kuni tashkilotda fidokorona mehnati bilan alohida ajralib turadigan xodim haqida ma’lumot beriladi.
Bugungi rukn qahramoni — Axmatov Zohidjon Zakirjon o‘g‘li, filialning mehnat muhofazasi, ekologik va sanoat xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i.
Zohidjon Zakirjon o‘g‘li sohada 5 yildan buyon samarali faoliyat yuritib kelmoqda. U o‘z ishida xodimlar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, ekologik muammolarning oldini olish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratadi.
Bo‘lim boshlig‘i sifatida u muntazam ravishda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib boradi, xodimlar o‘rtasida mehnat intizomini mustahkamlash, ekologik mas’uliyatni oshirish va sanoat xavfsizligi bo‘yicha bilimlarni kengaytirishga hissa qo‘shadi. Shu bilan birga, amaliy ko‘rsatmalar, o‘quv-seminarlar va ko‘rgazmali mashg‘ulotlar orqali jamoaning xavfsizlik madaniyatini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Mas’uliyatli va fidoyi mehnati evaziga hamkasblarining chuqur hurmatiga sazovor bo‘lgan Axmatov Zohidjon Zakirjon o‘g‘li bugungi kunda filialning faol va ibratli xodimlaridan biri hisoblanadi.