Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta’minoti filiali va uning tuman/shahar gaz ta’minoti bo‘limlari tomonidan iste’molchilarga tabiiy gazni uzluksiz va sifatli yetkazib berishni ta’minlash maqsadida bir qator texnik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, gaz taqsimlash qurilmalarida rejimni sozlash ishlari muntazam ravishda olib borilmoqda. Mazkur jarayon gaz tarmog‘ida bosimni me’yorida ushlab turish, iste’molchilarga xavfsiz va barqaror gaz yetkazib berishni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, rejimni sozlash ishlari gaz taqsimlash tizimida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish, energiya samaradorligini oshirish hamda tabiiy gazdan oqilona foydalanishga ko‘maklashadi.
Shuningdek, amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar natijasida iste’molchilar uchun gaz ta’minoti yanada barqarorlashishi, qishda esa uzluksiz ta’minot kafolatlanishi ko‘zda tutilmoqda.