Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Tashrif davomida aholi, ijtimoiy soha va yirik isteʼmolchilarni tabiiy hamda suyultirilgan gaz bilan taʼminlash, shuningdek, raqamlashtirish jarayonlari yuzasidan maʼlumot berildi.
Xususan, suyultirilgaz gaz isteʼmolchilari roʻyxatini elektron tarzda yuritish, ID-kartadagi NFC funksiyasi va Face-ID orqali shaxsni aniqlash, avtotransport harakatini onlayn kuzatish imkoniyatlari joriy etilgani qayd etildi.
Shu bilan birga, suyultirilgan gaz va havo aralashmasi orqali yoqilgʻi yetkazib berishda Yaponiya tajribasiga asoslangan texnologiyadan foydalanish ishlari ham namoyish etildi.
Uchrashuvda gaz taʼminoti samaradorligini oshirish, aholiga manzilli xizmat koʻrsatish, gazdan oqilona foydalanishni targʻib qilish va noqonuniy ulanishlarni oldini olish masalalari muhokama qilindi.