Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaztaʼminot” AJ va BAAning International Holding Company investitsion kompaniyasi tarkibiga kiruvchi Esyasoft Holding Ltd oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Gaz taʼminoti tizimida raqamli texnologiyalardan keng foydalanish, gaz tarmoqlaridan samarali foydalanish va gazni hisobga olishning zamonaviy tizimini yoʻlga qoʻyish bugungi kunda Jamiyatning ustuvor yoʻnalishlaridan hisoblanadi. Shu maqsadda xalqaro tajribani nufuzli kompaniyalar bilan birgalikda oʻrganish muhim ahamiyatga ega.
Ma’lumot uchun, Esyasoft Holding kompaniyasi Yaqin Sharq, Osiyo va Yevropa davlatlarida gaz taqsimlash tarmoqlarida intellektual tizimlarni joriy etib, 30 mln isteʼmolchini qamrab olgan loyihalarni amalga oshirgan.
Uchrashuv davomida tomonlar “Hududgaztaʼminot” AJning bugungi kunda erishilgan yutuqlari hamda kelgusida gaz taʼminoti tizimini raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish orqali tizimni yanada shaffof, xavfsiz va samarali boshqarish imkoniyati yaratilishi mumkinligi qayd etildi.
Xorijiy kompaniya vakillari moliyaviy imkoniyatlaridan foydalangan holda tarmoqlarga yetkazib berilgan gaz hajmlarini toʻliq hisobga olish, yoʻqotishlarini kamaytirish, shuningdek, tizimni zamonaviy, xavfsiz va “aqlli” boshqaruvini joriy etish yoʻllari boʻyicha asoslantirilgan takliflarini ishlab chiqilishi va “Hududgaztaʼminot” AJga taqdim etilishini taʼkidlab oʻtdilar.
Uchrashuv yakunida “Hududgaztaʼminot” AJ hamda Esyasoft Holding kompaniyasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.