Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Bugun, seshanba kuni “Hududgaz Farg‘ona” gaz ta’minoti filialining katta majlislar zalida dalolatnomalarni to‘g‘ri rasmiylashtirish tartibiga bag‘ishlangan navbatdagi o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
📄 Tadbir davomida xodimlarga hujjatlarni to‘g‘ri yuritish, rasmiylashtirish jarayonida yo‘l qo‘yiladigan xatolarni oldini olish, dalolatnomalarda aniqlik va huquqiy asosni ta’minlash bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.
🧩 O‘quv mashg‘uloti davomida ishtirokchilar bilan amaliy misollar asosida muhokamalar o‘tkazildi, tajriba almashildi va mavjud holatlar yuzasidan tavsiyalar berildi.
🎯 Mazkur mashg‘ulot xodimlarning xizmat faoliyatida hujjatlar bilan ishlash madaniyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.