Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgazta’minot” AJga Ijro.gov.uz idoralararo elektron nazorat tizimi orqali bir qator Prezident va Hukumat hujjatlari asosida topshiriqlar yuklatilgan.
Prezident hujjatlari bo‘yicha: 📄 Jami 219 ta hujjat (jumladan: 1 ta qonun, 32 ta farmon, 87 ta qaror, 1 ta farmoyish, 98 ta bayon) asosida 754 ta topshiriq yuklatilgan. ✅ Shundan bugungi kunga qadar 661 tasi (87,6%) bajarilgan.
Hukumat hujjatlari bo‘yicha: 📄 Jami 264 ta hujjat (jumladan: 9 ta rayosat bayoni, 26 ta qaror, 8 ta farmoyish, 75 ta Bosh vazir bayoni, 146 ta topshiriq) asosida 507 ta topshiriq ijrosi belgilangan. ✅ Bugungi kunga qadar 482 tasi (95%) bajarilgan.
📍 Har bir ijrochi kesimida yo‘l xaritalari tasdiqlangan va ularning ijrosi doimiy nazoratga olingan.
🗓 Shuningdek, topshiriqlar ijrosini tizimli tashkil etish maqsadida, har dushanba kuni Boshqaruv raisi huzurida, har juma kuni rais o‘rinbosarlari huzurida ijro muddati yaqinlashayotgan va bajarilmagan topshiriqlar bo‘yicha muhokamalar o‘tkazib borilmoqda.