Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Namangan viloyatida suyultirilgan gaz ta’minotini barqaror va xavfsiz tashkil etish maqsadida “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filialida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda filial rahbariyati bilan bir qatorda viloyatning barcha shahar va tuman gaz ta’minoti bo‘limlaridan mas’ullar hamda xodimlar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda, kuz-qish mavsumida o'z vaqtida aholiga uzluksiz va xavfsiz gaz yetkazib berish masalasi muhokama qilindi.
Filial rahbari yig‘ilishni ochib berar ekan, bugungi kunda suyultirilgan gazga bo‘lgan talab ortib borayotganini ta’kidladi. Shu bois, mavjud resurslardan oqilona foydalanish, korrupsion holatlarga aslo yoʼl qoʼymaslik hamda iste’molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish muhim ekanini qayd etdi.
Tadbir davomida shahar va tuman bo‘limlari rahbarlari o‘z hududlarida bajarilgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularni hal etish yo‘llari haqida hisobot berdilar. Xususan, ayrim hududlarda suyultirilgan gaz yetkazib berish grafigini optimallashtirish, iste’molchilar murojaatlariga tezkor javob berish, xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Yig‘ilish yakunida xodimlarga kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, aholiga xavfsiz va sifatli suyultirilgan gaz yetkazib berish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
"Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati