Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Havoning har qanday injiqliklari — sovuq shamol yoki shiddatli yomg‘ir — “Gulistontumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlarining samarali mehnatiga to‘siq bo‘lolmaydi.
Bo‘lim xodimlari har qanday ob-havo sharoitida aholi va korxonalarni tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida fidokorona mehnat qilishmoqda. Ular uchun asosiy maqsad — iste’molchilar manfaati va tizimning barqaror faoliyatini ta’minlashdir.
Tumangaz bo‘limiga murojaat bilan kelgan har bir fuqaro e’tiborsiz qolmaydi. Murojaatlar aniq o‘rganilib, ular bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi. Oktabr oyi davomida bo‘limga jami 6 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, barchasi mas’ul xodimlar tomonidan o‘z vaqtida ijobiy hal etilgan.
Shu bilan birga, hozirgi kunda tumanning Ibrat mahallasida diametri 32 mm bo‘lgan 12,5 p/m yer osti gaz quvurlarini yer ustiga chiqarish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur ishlar aholi xavfsizligini ta’minlash va gaz ta’minoti tizimini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
“Gulistontumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi jamoasi kelgusida ham aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish, tizimda barqaror ish rejimini ta’minlash va har qanday ob-havo sharoitida ham mas’uliyat bilan faoliyat yuritishda davom etadi.