Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Yangi Namangan tumanida elektr va gaz ta'minoti tizimlarining kuz-qish mavsumiga shaylik holati ko‘zdan kechirildi. Unda "Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filiali, "Yangi Namangantumangaz" gaz ta'minoti bo'limi hamda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Namangan filiali vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida tumandagi iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish tizimini barqaror ishlashini ta’minlash, mavjud tarmoqlarni texnik jihatdan soz holatda saqlash, aholi va ijtimoiy soha obyektlarini mavsumda uzluksiz gaz bilan ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali mutasaddilari tomonidan tumandagi gaz tarmoqlarini profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish, eskirgan quvurlarni almashtirish, manometr va gaz taqsimlash punktlarining ishlash holatini nazoratga olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Iste’molchilarga gazdan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirish, texnika xavfsizligi qoidalarini eslatish hamda o‘rnatilgan gaz jihozlarining sozligi yuzasidan aholiga tegishlicha tushunchalar berilayotgani alohida ta’kidlandi.
"Hududgaz Namangan" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati