Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Mamlakatimizda kasaba uyushmalari tarixiga 120 yil to’ldi. Sana munosabati bilan “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filialida tuman va shahar gaz ta’minoti bo’limining sex Kasaba uyushma qo’mitasi raislari e’tirof etildi.
Tadbirni kirish so’z bilan ochib bergan filial direktori O’tkir Fayziyev barcha yig’ilganlarni bayram bilan tabriklar ekan, filial Boshlang’ich Kasaba uyushmasining faoliyati haqida to’xtalib o’tdi. Yutuqlar hamda olib borilayotgan amaliy ishlar to’g’risida ta’kidladi. Tashakkurnomalar berildi.
Quvonarlisi, filial Boshlang’ich Kasaba uyushmasi hisobchisi Shoira Abdullayeva “O’ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARINING 120 YILLIGI” esdalik ko’krak nishoni bilan mukofotlanganligi bo’ldi. Tadbirda soha fidoiysining tizimdagi qariyb 22 yillik mehnati e’tirof etilib, namuna qilib ko’rsatildi.