Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Namangan shahar markazida diametri 273 mm bo‘lgan yuqori bosimli 6,2 km uzunlikdagi tabiiy gaz tarmogʼida rekonstruksiya ishlari boshlab yuborildi.
Maqsad shahar aholisini bir meʼyorda uzluksiz xavfsiz tabiiy gaz bilan taʼminlashdan iborat.
Mazkur jarayonlar natijasida shaharning 14065 ta aholi xonadonlari hamda 311 ta ulgurji isteʼmolchilarining tabiiy gaz ta'minoti yaxshilanishiga erishiladi.
"Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati