Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgazta’minot” AJga Ijro.gov.uz idoralararo elektron nazorat tizimi orqali Prezident va Hukumat hujjatlariga asosan bir qator topshiriqlar yuklatilgan.
Prezident hujjatlari bo‘yicha: Jami 224 ta hujjat (1 ta qonun, 32 ta farmon, 90 ta qaror, 2 ta farmoyish, 99 ta bayon) asosida 806 ta topshiriq yuklatilgan. Shundan bugungi kunga qadar 671 tasi (83,2%) bajarilgan.
Prezident Administratsiyasi rahbari hujjatlari bo‘yicha: Jamiyatga 12 ta hujjat doirasida 31 ta topshiriq kelib tushgan, ularning 18 tasi (58,0%) ijrosi ta’minlangan.
Hukumat hujjatlari bo‘yicha: Jami 264 ta hujjat (9 ta rayosat bayoni, 26 ta qaror, 8 ta farmoyish, 75 ta Bosh vazir bayoni, 146 ta topshiriq) asosida 518 ta topshiriq ijrosi belgilangan. Bugungi kunga qadar 495 tasi (95,5%) bajarilgan.
Har bir ijrochi kesimida yo‘l xaritalari tasdiqlangan va ijro doimiy nazoratda.
Shuningdek, topshiriqlar ijrosini tizimli tashkil etish maqsadida har dushanba Boshqaruv raisi huzurida, har juma rais o‘rinbosarlari huzurida ijro muddati yaqinlashayotgan va bajarilmagan topshiriqlar bo‘yicha muhokamalar o‘tkazilmoqda.