Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Bugungi kunda aholini tabiiy gaz bilan barqaror va xavfsiz taʼminlash eng muhim ijtimoiy vazifalardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda “Hududgaz Namangan” gaz taʼminoti filiali tasarrufidagi barcha shahar va tuman bo‘limlari viloyat aholisi hamda ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz gaz bilan taʼminlash uchun kecha-yu kunduz, yaʼni, 24/7 rejimda faoliyat olib bormoqda.
Filialga qarashli hududiy bo‘limlar tomonidan gaz tarmoqlarining texnik holatini doimiy nazorat qilish, nosozliklarning oldini olish va yuzaga kelgan avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish ishlari muntazam amalga oshirilmoqda. Mutaxassislar tomonidan gaz quvurlari, taqsimlash punktlari va isteʼmolchilarga yetkazib beruvchi tarmoqlar belgilangan jadval asosida ko‘zdan kechirilmoqda.
"Hududgaz Namangan" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati