Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Namangan viloyatida aholini suyultirilgan gaz bilan barqaror va shaffof ta’minlash maqsadida zamonaviy Face ID tizimi asosida gaz yetkazib berish yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, mazkur tizim orqali bugungi kunda Yangiqo'rg'on tumanidagi jami 42 470 nafar iste’molchiga suyultirilgan gaz uzluksiz yetkazib berilmoqda.
Tumanda mavjud umumiy maishiy gaz ballonlari soni 49 721 tani tashkil etadi. Bu esa aholining ehtiyojlarini to‘liq qondirish, taqsimot jarayonida aniqlik va nazoratni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Face ID tizimi orqali gaz olish jarayonida inson omilini kamaytirish, navbatlarni qisqartirish hamda noqonuniy holatlarning oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Joriy yil boshidan hozirga qadar tumani aholisi 6 933,9 tonna suyultirilgan gaz bilan ta’minlandi. Ushbu ko‘rsatkich aholini mavsumiy ehtiyojlardan kelib chiqib, barqaror gaz bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samarali ekanidan dalolat beradi.
"Hududgaz Namangan" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati