Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Hududgaz Namangan" gaz ta’minoti filiali tomonidan viloyat aholisini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida kecha-kunduz, ya’ni 24/7 rejimida samarali faoliyat olib borilmoqda. Filial mutaxassislari tomonidan gaz tarmoqlarining barqaror ishlashi, avariyaviy holatlarning oldini olish hamda iste’molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan jami 25 ta mahallada 13228 nafar tabiiy gaz iste’molchilari mavjud bo‘lib, ularning barchasini zangori yoqilg‘i bilan barqaror ta’minlash choralari ko‘rilgan. Tumandagi gaz infratuzilmasini yaxshilash, tarmoqlarni nazorat qilish va xizmat ko‘rsatish ishlari belgilangan reja asosida olib borilmoqda.
Jumladan, tumanning “Beshbuloq” mahallasida 599 nafar aholi tabiiy gazdan foydalanmoqda. Filial tomonidan mazkur mahallada ham gaz ta’minotining uzluksizligini ta’minlash, texnik holatni doimiy monitoring qilish va iste’molchilar murojaatlariga tezkorlik bilan javob qaytarish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, aholi o‘rtasida yong‘in, gaz chaqnashi hamda is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olish maqsadida muntazam ravishda targ‘ibot-tashviqot ishlari ham olib borilmoqda. Gazchilar tomonidan gaz jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha tushunchalar berilmoqda.
"Hududgaz Namangan" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati