Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali Yangi Namangan tumani “Guliston” mahallasidagi iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish sifatini oshirish maqsadida muhim infratuzilma loyihasini amalga oshirmoqda. Buning uchun mahalladagi 4,5 kilometrlik gaz tarmog‘ini rekonstruksiya qilish ko'zda tutilgan. Loyiha doirasida tarmoqning 2,5 kilometrlik qismi muvaffaqiyatli qurib bitkazilib, qolgan qismida ishlar jadallik bilan davom ettirilmoqda.
Shu bilan birga, “Guliston” MFYda “Aqlli mahalla” loyihasi ham joriy qilinmoqda. Bu loyiha doirasida mahalladagi bir nechta qo‘shqator tarmoqlar yagona tarmoqqa birlashtirilib, estetik jihatdan tartibga keltirilmoqda. Natijada tabiiy gaz ta’minoti barqaror va xavfsiz bo'lib, mahalla ko‘rinishi yanada chiroyli va zamonaviy bo‘ladi.
"Hudugaz Namangan" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati