Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgazta’minot” AJga Ijro.gov.uz idoralararo elektron nazorat tizimi orqali Prezident va Hukumat hujjatlariga asosan bir qator topshiriqlar yuklatilgan.
Prezident hujjatlari bo‘yicha:Jami 227 ta hujjat (1 ta qonun, 35 ta farmon, 90 ta qaror, 2 ta farmoyish, 99 ta bayon) asosida 827 ta topshiriq yuklatilgan. Shundan bugungi kunga qadar 697 tasi (84,2%) bajarilgan.
Prezident Administratsiyasi rahbari hujjatlari bo‘yicha:Jamiyatga 16 ta hujjat doirasida 37 ta topshiriq kelib tushgan, ularning 30 tasi (81,0%) ijrosi ta’minlangan.
Hukumat hujjatlari bo‘yicha:Jami 276 ta hujjat (9 ta rayosat bayoni, 26 ta qaror, 9 ta farmoyish, 81 ta Bosh vazir bayoni, 151 ta topshiriq) asosida 531 ta topshiriq ijrosi belgilangan. Bugungi kunga qadar 515 tasi (97%) bajarilgan.
Har bir ijrochi kesimida yo‘l xaritalari tasdiqlangan va ijro doimiy nazoratda.
Shuningdek, topshiriqlar ijrosini tizimli tashkil etish maqsadida har dushanba Boshqaruv raisi huzurida, har juma rais o‘rinbosarlari huzurida ijro muddati yaqinlashayotgan va bajarilmagan topshiriqlar bo‘yicha muhokamalar o‘tkazilmoqda.