Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Guliston shahar “Yangi hayot” mahallasi hududidan o‘tuvchi, Guliston shahri hamda Boyovut tumaniga yo‘naltirilgan yuqori bosimli, diametri 273 mm bo‘lgan gaz quvurida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Mazkur ta’mirlash ishlari avariya holatlarining oldini olish hamda iste’molchilarga tabiiy gazni barqaror va xavfsiz yetkazib berishni ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Ta’mirlash jarayonida quvur liniyasining texnik holati to‘liq ko‘zdan kechirilib, eskirgan va nosoz qismlar yangilanmoqda. Ishlar mutaxassislar tomonidan belgilangan texnik me’yorlar va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etilgan holda olib borilmoqda.
Mukammal ta’mirlash ishlari yakunlangach, hududdagi gaz ta’minoti sifati yanada yaxshilanib, Guliston shahri va Boyovut tumani iste’molchilariga uzluksiz gaz yetkazib berish imkoniyati kengayadi.