Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Bugungi kunda “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan 4,5 milliondan ortiq isteʼmolchi tabiiy gaz, shuningdek, 3,7 milliondan ziyod iste’molchilarga suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda.
2025-yil davomida suyultirilgan gaz isteʼmolchilariga jami 637,3 ming tonnadan ortiq suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berildi. Suyultirilgan gaz mahsulotlarini yetkazib berish hududiy gaz taʼminoti filiallari balansidagi 852 ta maxsus avtotransport vositalari orqali amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, oʻtgan yil mobaynida “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan suyultirilgan gaz taʼminotini yanada yaxshilash maqsadida 28,9 ming dona qoʻshimcha maishiy gaz ballonlari yetkazib berildi. Qolaversa, 5 ta xususiy gaz toʻldirish inshooti jarayonga jalb etilib, gazni saqlash quvvati 171 tonnaga, toʻldirish quvvati esa 2,5 ming tonnaga oshirildi.
Suyultirilgan gaz taʼminotida shaffoflikni taʼminlash hamda korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida, gaz ballon yetkazib berilganda qabul qilib olgan xonadon egasini yuzini identifikatsiya qilish orqali tasdiqlash – Face ID tizimi yoʻlga qoʻyildi. Ushbu tizim muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazilib, respublikaning barcha hududlarida amaliyotga joriy etildi.