Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan har bir murojaatni oʻz vaqtida koʻrib chiqish, muammolarni hal etish va isteʼmolchilar bilan bevosita muloqotni yoʻlga qoʻyishga alohida eʼtibor qaratilgan.
2025-yil davomida jamiyatning fuqarolar qabulxonasiga toʻgʻridan toʻgʻri jami 5 145 ta murojaat kelib tushdi. Ularning 2 714 tasi markaziy apparat tomonidan koʻrib chiqildi, 2 425 tasi hududiy filiallarga yuborilib, ijobiy hal etildi. Ayni paytda 6 ta murojaat belgilangan tartibda koʻrib chiqilmoqda.
Shu bilan birga, “Hududgaztaʼminot” AJ rahbariyati tomonidan 21 ta sayyor qabul oʻtkazilib, ular davomida jami 207 ta murojaat koʻrib chiqildi. Sayyor qabullar joylarda mavjud muammolarni bevosita oʻrganish va ularni tezkor hal etishga xizmat qildi.
Prezident Virtual qabulxonasi orqali esa jamiyatga jami 43 737 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, ularning 40 833 tasi toʻliq koʻrib chiqildi. Koʻrib chiqilgan murojaatlarning 38 905 tasi qanoatlantirildi, 1 928 tasi boʻyicha fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi. Hozirda 2 904 ta murojaat belgilangan tartibda koʻrib chiqilmoqda.
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash “Hududgaztaʼminot” AJ faoliyatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Har bir murojaat ortida inson taqdiri va ishonch turganini anglagan holda, jamiyat ochiqlik, shaffoflik va masʼuliyat tamoyillari asosida faoliyat olib bormoqda.