Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “To‘rachek” mahalla fuqarolar yig‘ini o‘ramida 556 nafar suyultirilgan gaz iste’molchilari istiqomat qilishadi. Tuman gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan mahalla ahliga 614 dona maishiy gaz ballonlari ijara shartnoma asosida tarqatilgan. Aholining maishiy gaz ballon bilan ta’minlanganlik darajasi 110 foizni, iste’mochilarga suyultirilgan gaz yetkazib berishning o‘rtacha davriyligi esa 40-45 kunni tashkil etmoqda. O‘tgan yili mahalla ahliga 86 tonnadan ziyod gaz yetkazib berilgan bo‘lib, belgilangan reja 100 foizdan ortig‘i bilan bajarilmoqda.
“Hududgazta’minot” AJ tomonidan suyultirilgan gaz yetkazib berishdagi yangi tajriba amaliyotga tatbiq etilgan va mazkur ishlar birinchilardan bo‘lib Andijon viloyatida boshlangan edi. Bunda har bir chilangar maxsus planshetlardan foydalangan holda iste’molchilarga suyultirilgan gazni yetkazib berishi ko‘zda tutilgan. Mazkur planshetlarda “E-gaz” dasturi integrasiya qilinib, iste’molchining qachon suyultirilgan gaz olganligi haqidagi ma’lumotlar sms xabarnoma orqali iste’molchiga va Jamiyatning maxsus bazasiga ma’lumot uzatib boradi. FaceID tizimi bo‘yicha aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish Qo‘rg‘ontepa tumanida ham ishga tushirildi va bu tajriba aholiga ma’qul kelmoqda.
“To‘rachek”liklar ham yangi tizimning ish boshlaganidan mamnun. Ular ham endi gaz yetkazib berish vaqtida oila a’zolaridan biron kishini qatnashishi talab etilishi kerak bo‘lishini tushundilar. Shuningdek, chilangarlar tomonidan gaz yetkazib berishda maishiy gaz ballonlardan foydalanish qoidalari bo‘yicha tavsiyalar olmoqdalar.
“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati