Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
O'tgan 2025-yil mobaynida "Pop gaz to‘ldirish shoxobchasi" orqali Pop va Chust tumanlaridagi jami 70403 nafar iste’molchilarga 11088,72 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Mazkur inshootning bir oylik quvvati 1664 tonnani tashkil etadi.
Shuningdek, shoxobchaning maishiy gaz ballonlarni sinovdan o‘tkazish va ta’mirlash sexi orqali iste’molchilarga xavfsiz suyultirilgan gaz yetkazib berish maqsadida 2025-yil davomida 4496 dona maishiy gaz ballonlari ta’mirlandi. 11007 donasi esa sinovdan o‘tkazildi.
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, "Pop gaz to‘ldirish inshooti"da elektr energiyasi xarajatini qisqartirish samaradorligini oshirish hamda filialning iqtisodiy rentabelligini ta’minlash maqsadida 15 kVt quvvatdagi quyosh panellari, quyosh nuri orqali quvvatlanuvchi yoritish lampalari hamda suv isitish qurilmalari o‘rnatilib foydalanishga topshirildi.
"Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati