Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Joriy yilda Namangan viloyatining 195 ta masjidlarida tarobeh namozlarini ado etish rejalashtirilgan bo‘lib, minglab yurtdoshlarimiz muborak kechalarda ibodatga oshiqadi. Bu jarayonning osoyishta va xavfsiz o‘tishi muhim vazifalardan biridir. Shu bois hududlarda gaz ta’minoti tizimi xodimlari tomonidan masjidlarda gazdan oqilona va xavfsiz foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, viloyatning barcha masjidlarida gaz jihozlarining texnik holati ko‘zdan kechirilmoqda.
Mutaxassislar tomonidan masjid mas’ullari va jamoatchilik vakillariga tabiiy gazdan oqilona va xavfsiz foydalanish, is gazidan zaharlanishga qarshi kurashish bo‘yicha tushunchalar berilmoqda.
Zero, gazdan oqilona va xavfsiz foydalanish har birimizning burchimizdir.
"Hududgaz Namangan" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati