Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Jo‘rabek Mamasaidov 13 yildan buyon gaz sohasida mehnat qilib keladi. Bugun u mahalla gazchisi sifatida Andijon tumanidagi “Jahonobod” va “Islomobod” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 1 818 ta tabiiy gaz iste’molchilarining haqiqiy ko‘makchisiga aylangan.
“...Tizimda mahalla gazchisi sifatida bo‘lib ishlashni boshlaganimdan beri aniq vazifa asosida ishlamoqdaman, - deydi Jurabek Mamasaidov. – “Hudud Mobile” dasturidan 10 ta topshiriq keladi. Yana 10 tasini o‘zimi yaratamiz. Kunlik 20 topshiriq bilan o‘z xizmat vazifamizni bajarayapmiz. Bu esa bizni aniq manzilla ish tashkil qilishimizda qo‘l kelmoqda...”
Hududda fevral oyi hisobida 18 ta muammoli elektron gaz hisoblash uskunasi bor edi. Mazkur EGHUlarning muammolari yechilmoqda. Hisoblagichlar sinxron qilinib, aloqaga chiqmayotganlarini quvvatlagich va sim kartalari alishtirilmoqda.
“...Hozir ham “Islomobod” MFY “Xo‘ja” ko‘chasi 18-uyda yashovchi Erkinjon To‘xtaevning hisoblagichdagi muammosini yechdim. Agar hisobdonda muammo bo‘lmasa, gaz hajmlarini o‘z vaqtida dasturga uzatib tursa iste’molchida ham savol tug‘ilmaydi va xotirjam yashaydi. To‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirib, yuqori qarzdorliklar kelib chiqilishi oldi olinadi...” - , deydi suhbatdoshimiz.
Andijon tumanida fevral oyi boshidan beri mahalla gazchilari tomonidan 1 438 ta aloqasida muammosi bor elektron gaz hisoblagichlarning muammolari bartaraf etildi. Shuningdek, 227 ta hisoblagich sinxron qilinib, dasturga 137 ming 219 metr³ gaz hajmlari kiritildi. 521 ta hisoblagich qayta aloqaga chiqarildi va dasturga 389 ming metr³dan ortiq gaz hajmlari hisoblandi. Tabiiy gazdan noqonuniy yoki qoidabuzarlik bilan foydalangan 55 nafar iste’molchiga tegishli tartibdagi dalolatnomalar tuzilib, 280 ming 724 metr³ gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi.
“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati