Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Andijon shahridagi“Uyg‘ur” mahalla fuqarolar yig‘inida 2027 nafar suyultirilgan gaz iste’molchilari istiqomat qiladi va shahardagi eng katta mahallalardan biri hisoblanadi. Ularga “Andijonshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan shu kunga qadar 80 tonnadan ziyod gaz yetkazib berilgan. Avvallari ID kartalar asosida ish tashkil qilingan bo‘lsa, endi gaz yetkazib berishda planshetlardan foydalanilmoqda.Suyultirilgan gaz yetkazib berishda yangi FaceID tizimi ishga tushirilganidan iste’molchilar ham xursand. Bunda har bir oila ma’lumotlari maxsus bazaga integratsiya qilingan bo‘lib, 16 yoshdan yuqori bo‘lgan oila a’zosi bemalol maishiy gaz ballonini alishtirib olishi mumkin.
“...Mazkur tizim masalan shaxsan menga juda ma’qul bo‘ldi, - deydi iste’molchi Matluba Yunusova. – Uyda farzandlarim, ota-onam bor. Ko‘p hollarda men ishda bo‘laman. Maxsus karta meni nomimda bo‘lganligi uchun avvallari, gaz kelishini kutardim. Endi bemalol uyidagilardan birontasi chiqib maishiy gaz ballonni alishtirib olishi mumkin ekan. Bu men uchun, nafaqat menga mahallamizning ko‘pchilik oilalariga qulaylik tug‘dirdi..”
“Uyg‘ur”liklar ham endi gaz yetkazib berish vaqtida oila a’zolaridan biron kishini qatnashishi talab etilishi kerak bo‘lishini tushundilar. Shuningdek, chilangarlar tomonidan gaz yetkazib berishda maishiy gaz ballonlardan foydalanish qoidalari bo‘yicha tavsiyalar olmoqdalar. Xulosa qiliib aytgan mazkur yangi tajriba aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berishni tezlashtiradi v ularga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilashga hissa qo‘shadi.
“Hududgazta’minot” AJ tomonidan suyultirilgan gaz yetkazib berishdagi yangi tajriba amaliyotga tatbiq etilgan va mazkur ishlar birinchilardan bo‘lib Andijon viloyatida boshlangan edi.Bunda har bir chilangar maxsus planshetlardan foydalangan holda iste’molchilarga suyultirilgan gazni yetkazib berishi ko‘zda tutilgan.Mazkur planshetlarda “E-gaz” dasturi integrasiya qilinib, iste’molchining qachon suyultirilgan gaz olganligi haqidagi ma’lumotlar sms xabarnoma orqali iste’molchiga va Jamiyatning maxsus bazasiga ma’lumot uzatib boradi. FaceID tizimi bo‘yicha aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish Andijon shahri ham ishga tushirildi.
“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati