Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali tomonidan 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari izchil va reja asosida boshlab yuborildi.
Ayni kunlarda mutaxassislar tomonidan gaz tarmoqlarini soz holatga keltirish, mavjud nosozliklarni bartaraf etish hamda iste’molchilarga barqaror va uzluksiz gaz yetkazib berishni ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli amaliy ishlar olib borilmoqda. 🛠️
Xususan, Sharof Rashidov tumani hududidagi “Kuyovboshi” va “Yangidiyor” mahalla fuqarolar yig‘inlarida gaz quvurlarini ko‘zdan kechirish, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlari olib borilmoqda. 🔧
Mazkur jarayonlar orqali kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldi olinib, aholi va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash ko‘zda tutilgan. ♨️