Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi "Ibrat-2" massivida joylashgan "Namangan" erkin iqtisodiy zonasini tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida diametri 219 hamda 159 mm bo‘lgan, umumiy uzunligi 3,4 kilometrni tashkil etuvchi yangi gaz tarmog'i qurilish ishlari davom ettirilmoqda.
Tumanning "Orzu" hamda "Yuksalish" mahallalari hududida barpo etilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massivida esa aholisi uchun qulay va barqaror issiqlik ta’minotini yaratish maqsadida ikkita markazlashgan qozonxona qurilishi rejalashtirilgan bo'lib, mazkur qozonxonalarni tabiiy gaz bilan ta’minlash uchun "Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filiali tomonidan diametri 273 mmli umumiy uzunligi 3,5 km bo‘lgan yangi gaz tarmog‘i tortilmoqda.
Umuman olganda, Davlatobod tumanida olib borilayotgan bunday keng ko‘lamli infratuzilma loyihalari hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli darajada hissa qo‘shadi, desak aslo mubolag'a bo'lmaydi.
"Hududgaz Namangan" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati