Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Manzilli dasturga asosan Buxoroning bir qator hududlarida gaz quvurlari rekonstruksiya qilinmoqda.
Bugunga qadar 8 kmdan ortiq gaz quvurida amaliy ishlar bajarildi.
Jumladan, Shofirkon tumanining “Jo’ynav” mahalla yo’nalishi bo’ylab boruvchi, diametri 225 mmli bo’lgan yer osti gaz quvuri 159 mmliga almashtirilib, yer ustiga chiqarilmoqda, quvurning 9 kmdan ortig’ida rekonstruksiya qilish ishlari belgilangan.
Amaliy ishlar natijasi sabab gaz yo’qotishlarining oldi olinadi, iste’molchilarga tabiiy gaz xavfsiz yetkazib beriladi, muhimi, uzluksiz ta’minlanishida xizmat qiladi.