Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Baliqchi tumanida “Chinobod” avtomatik gaz taqsimlash stansiyasidan tortilgan turli bosim va o‘lchamdagi gaz tarmoqlarini yagona tarmoqqa birlashtirish ishlari olib borilmoqda.
“Omonariq”, “Botir”, “Farovon”, “Chinobod”, “Markaz”, “Sho‘r”, “Qiyali”, “Zaxkash”, To‘da” hamda “Nurafshon” MFYlar hududidagi aholi va ulgurji iste’molchilarni tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash maqsadida AGTSdan 2 ta yuqori bosimli gaz tarmog‘i tortilmoqda. Bunda 20 ga yaqin jami uzunligi 20 km ga yaqin tarmoqlar demontaj qilinib, o‘rniga 1 kmlik yagona tarmoq tortiladi va kollektorga birlashtiriladi.
“...Mazkur ishlar natijasida hududlardagi 3400 ta aholi xonadonlarida tabiiy gaz bosimi yaxshilanadi, - deydi “Baliqchitumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i Begijon Begaliev. – Shuningdek, 1250 ta xonadon ikki bosqichli gaz ta’minoti tizimiga o‘tkaziladi. Maqsadimiz, tabiiy gaz bosimini imkon qadar aholi maskanlariga yanada yaqinroq olib borish va isitish mavsumida ham ta’minotdagi uzilishlarni oldini olishdir..”
Ayni damda mutaxassisslar tomonidan tortilayotgan gaz quvurlarini maxsus betonlar ustiga olish va qqvurlarni bossm ostida sinash ishlari olib borilmoqda. Filialning qurilish-montaj boshqarmasi tomonidan olib borilayotgan harakatlar nntijasi tez kunlarda o‘z poyoniga yetishi rejalashtirilgan.
“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati