Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Yangiqo'rg'ontumangaz" gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan tumanning "Qo'riq" mahallasida joylashgan diametri 159 mm bo‘lgan yer osti gaz tarmog'ida aniqlangan gaz sizish holatlari belgilangan texnik talablar asosida ta'mirlandi. Jarayon davomida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilinib, aholi uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulaylik va xavf-xatarlarning oldi olindi.
Ta’mirlash ishlari yakunlangach, gaz tarmoqlari qayta sinovdan o‘tkazilib, tizimning barqaror va uzluksiz ishlashi ta’minlandi. Mazkur chora-tadbirlar aholiga tabiiy gazni xavfsiz va sifatli yetkazib berish, shuningdek, favqulodda holatlarning oldini olishga qaratilgan.
"Hududgaz Namangan" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati