Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Mazkur tizim doirasida filial tasarrufidagi shahar va tuman gaz ta’minoti bo‘limlarida faoliyat olib borayotgan 90 nafar xodimga alohida login va parollar (QR-kodlar) berildi. Ular tomonidan kundalik ishlar ustidan nazoratni kuchaytirish hamda tuman, viloyat va respublika kesimida hisobotlarni yuritish ishlari yo‘lga qo‘yildi.
Xodimlar o‘z faoliyati bo‘yicha ma’lumotlarni ArcGIS QuickCapture mobil ilovasi orqali tizimga kiritmoqda. Ushbu ma’lumotlar “Ars GIS-HGT Onlayn boshqaruv” platformasiga uzatiladi va avtomatik tarzda umumlashtirilib, tahlil qilinadi.
Tizim joriy etilishi natijasida:
• gaz tarmoqlariga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar faoliyatini kunlik va soatlik kuzatish,
• maxsus texnika va uskunalar (mobil laboratoriyalar, diagnostika vositalari) harakatini nazorat qilish,
• gaz taqsimlash punktlari va quvurlar holatini xarita orqali real vaqt rejimida monitoring qilish imkoniyati yaratildi.