Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Darhaqiqat, shunday. Tashkilot yoki korxonaga yechimtalab masala yuzasidan murojaat qilgan har bir fuqaro ijobiy yechimga ega bo‘lishni istaydi. Bu esa masʼullardan masalaga chuqur yondashish va uni tezkor, samarali o‘rganish yo‘llarini topishni talab etadi. Gaz ta`minoti sohasi ham aholi ko‘p murojaat yo‘llaydigan takshilotlardan biri hisoblanadi.
Shunga ko‘ra, “Hududgaz Navoiy” gaz ta`minoti tomonidan joriy yilning yanvar-mart oylarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tizimli asosda olib borish, tuman gaz bo‘limlarida olib borilayotgan ishlarni muntazam o‘rganish, ularga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish, murojaatlarni keltirib chiqarayotgan sabab va omillarni tahlil etish va ularni bartaraf etish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi Qonuni talablaridan kelib chiqqan holda filial va uning tasarrufidagi tuman(shahar)gaz ta`minoti bo‘limlarida tasdiqlangan jadvallarga muvofiq shaxsiy va sayyor qabullarni o‘tkazish, murojaatlarni ko‘rib chiqishda qonun ustivorligini taʼminlash, murojaatlar bilan ishlashning ahvolini o‘rganib borish va ish yuritishni belgilangan tartibda tashkil etish yuzasidan nazorat ishlari kuchaytirildi. Jumladan, tabiiy va suyultirilgan газ isteʼmolchilari bo‘lgan aholi o‘rtasida taʼsirchan va samarali ochiq muloqotni davom ettirish maqsadida viloyatdagi 4 ta MFY larda o‘tkazilgan sayyor va ommaviy qabullarda jami 19 nafar jismoniy va yuridik shaxslalning vakillari bilan uchrashilib, sohaga oid aniqlangan muammolar joyida bartaraf etish choralari ko‘rildi.
- Joriy yil mart oyida maishiy газ ballon yetkazib berilishi bo‘yicha “Ishonch telefoni” orqali murojaat yo‘llagan edim, - deydi Nurota tumani “Jarma” qishlog‘idan yashovchi fuqaro Marvarid Shukurova. – Murojaatim qisqa fursatda o‘rganilib, xonadonimizga tumangaz газ таъминоти bo‘limi tomonidan maishiy газ ballon yetkazib berildi. Rahmat masʼullarga, ortiqcha kutish, ovoragarchilik bo‘lmadi.
Shuningdek, olis Uchquduq tumanining “Do‘stlik” mahallasida yashovchi Olga Kuznetsova ham mart oyida maishiy газ ballonni xonadon ichiga kiritib foydalanish bo‘yicha murojaat qoldirgan. Mazkur isteʼmolchiga esa ko‘pqavatli uylar va yerto‘lalarda maishiy газ ballondan foydalanish xavfsizlik qoidalariga zidligi to‘liq va to‘g‘ri tushuntirildi.
- Joriy yilning yanvar-mart oylarida filial va uning tuman (shaxar) газ таъминоти bo‘limlariga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 566 ta murojaatlar kelib tushgan, - deydi filialning nazorat va murojaatlar bilan ishlash bo‘limi yetakchi mutaxassisi Muharram Mavlonova. - Shundan 399 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va Xalq qabulxonalari orqali, 167 tasi bevosita “Hududgaz Navoiy” GTF va uning tuman (shahar)gaz ta`minoti bo‘limlariga kelib tushgan. Ularning 147 tasi og‘zaki, 9 tasi yozma, 11 tasi “Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan. 167 ta murojaatlarning ko‘rib chiqilishi to‘liq nazoratga olinib, 160 tasi qanoatlantirilgan, 5 tasi bo‘yicha mualliflarga tushuntirishlar berilgan va 2 tasi hisobot davrida o‘rganish jarayonida turibdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual va Xalq qabulxonalari orqali kelib tushgan 399 ta murojaatlarning ko‘rib chiqilishi to‘liq nazoratga olinib, 329 tasi qanoatlantirilgan, 55 tasi bo‘yicha mualliflarga tushuntirishlar berilgan va hisobot davrida o‘rganish jarayonida 15 ta murojaat mavjud.
Aytish kerakki, "Ishonch telefonlari" faoliyati ustidan doimiy monitoring amalga oshirilib, ular orqali murojaat qilayotgan fuqarolar bilan suhbat jarayonida masʼul xodimlaming o‘ta xushmuomalalik, sabr va xolis munosabatda bo‘lishlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bugungi kunda "Hududgaz Navoiy" GTF tizimida aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish va murojaatlar bilan ishlashda ochiqlik va shaffoflikni yana-da kengroq taʼminlash maqsadida viloyatning olis va chekka hududlarida sayyor va ommaviy qabullar tashkil etilmoqda.
"Hududgaz Navoiy" gaz ta`minoti filiali matbuot xizmati