Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Mazkur mahalla Xatirchi tumanida joylashgan. Tuman bo‘yicha jami 57 ta mahallaga maishiy gaz ballonlarda suyultirilgan gaz yetkazib beriladi. “Uchqora” mahallasi aholisi ham suyultirilgan gaz isteʼmolchilari qatoriga kiradi. Bu yerda bugungi kunda 887 ta suyultirilgan gaz isteʼmolchisi mavjud.
“Xatirchitumangaz” gaz taʼminoti bo‘limi xodimlari hamda hamkor tashkilotlar bilan birga MFYda maishiy gaz ballondan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanishga oid targ‘ibot bo‘lib o‘tdi. Targ‘ibot davomida xonadonma xonadon kirilib, isteʼmolchilarga gaz ballonlarni o‘rnatish va foydalanish tartibi tushuntirildi. Xavfli oqibatlarga olib keladigan holatlar bo‘yicha maʼlumot berildi. Shu bilan birga kamchilik aniqlangan xonadonlarda ularni tezkor bartaraf etish choralari ko‘rildi.
Targ‘ibotlar ijtimoiy obyektlarda ham davom etdi. Mahalla hududidagi maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ham gazdan xavfsiz, oqilona foydalanish, ehtiyotkorlikka amal qilish zarurligi uqtirildi. Isteʼmolchilarga mavzuga oid eslatmalar tarqatildi.
“Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati