Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Baxmal tumanida suyultirilgan gaz ta’minoti tizimi izchil yo‘lga qo‘yilib, aholiga xizmat ko‘rsatish sifati yanada yaxshilanmoqda. Tumandagi 30 ta MFY hududida jami 22 609 nafar iste’molchi suyultirilgan gazdan foydalanmoqda.
Joriy yilning 1-choragi davomida aholi ehtiyojlarini qondirish maqsadida 734 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Bu esa iste’molchilarning uzluksiz gaz bilan ta’minlanishiga xizmat qilmoqda.
Hududda gaz ta’minotini barqaror tashkil etish uchun jami 23 159 dona aylanma maishiy gaz ballonlari mavjud bo‘lib, qo‘shimcha ravishda 60 dona zaxira ballon shakllantirilgan.
Mazkur ko‘rsatkichlar Baxmal tumanida suyultirilgan gaz ta’minoti tizimi ochiqlik, shaffoflik va barqarorlik tamoyillari asosida olib borilayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.