Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Hududgazta'minot" AJ Boshqaruv raisining tegishli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon viloyatida ham hududlararo seminar-treninglar boshlandi. Asaka tumanida bo'lib o'tgan seminarda Filial Kadrlarni boshqarish bo‘limi boshligʼi N.Abdieva, Boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisi G.Mamatxo‘jaeva, “Moddiy resurslardan oqilona foydalanish va korrupsiyaga qarshi siyosatini amalga oshirish” bo‘limi boshlig‘i A.Yunusov hamda “Nazorat va murojaatlar bilan ishlash” bo‘limi mutaxassisi B.To‘xtasinovlar ishtirok etib, o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha dolzarb masalalar yuzasidan ma’ruzalar qildilar.
Seminar davomida iste’molchilar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni o‘rganish va bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, xodimlarning xizmat faoliyatida odob-axloq, kasbiy etika, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik va muomala madaniyatiga qat’iy rioya etishlari yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.
"Hududgaz Andijon" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati