Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan suyultirilgan gaz yetkazib berishdagi yangi tajriba birinchilardan boʻlib Andijon tumanida tatbiq etilishi boshlagan edi. Chilangar Quyoshbek Boʻtaqulov viloyatda suyultirilgan gaz yetkazib berishda ilk marotaba maxsus planshetdan foydalangan va dastur orqali gaz yetkazib berishni boshlagan edi.
“Chem” mahalla fuqarolar yigʻiniga “Andijontumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi tomonidan 1314 dona maishiy gaz ballonlari ijara shartnoma asosida tarqatilgan. Aholining maishiy gaz ballon bilan taʼminlanganlik darajasi 146 foizni, isteʼmolchilarga suyultirilgan gaz yetkazib berishning oʻrtacha davriyligi esa 40-45 kunni tashkil etmoqda. Oʻtgan davr mobaynida mahalla ahliga 65 tonna 560 kg gaz yetkazib berilgan boʻlib, belgilangan reja 110 foizga bajarilmoqda.
Mazkur mahallaga ham gaz tarqatish jarayonida suyultirilgan gaz yetkazib berishdagi yangi – Face ID tizimi haqida batafsil maʼlumot berilmoqda. Maishiy gaz ballondan foydalanish qoidalari, ularni xizmat koʻrsatish muddatlari boʻyicha fikr-mulohazalar almashilyapti. Mahalla ahlining har biri oʻz xonadonlari oldiga boʻshagan maishiy gaz ballonlarini ham qoʻyib qoʻyishibdi. Demakki, mahallada xonadonma-xonadon suyultirilgan gaz tarqatish tartibi allaqachon yoʻlga qoʻyilgan.
Xulosa qilib aytgan mazkur yangi tajriba aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berishni tezlashtiradi va ularga xizmat koʻrsatish sifatini yanada yaxshilashga hissa qoʻshadi
“Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati