Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat organlari va tashkilotlarida 2025-yil yakunlari bo‘yicha ochiqlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholashga qaratilgan “Ochiqlik indeksi” natijalarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, “Hududgazta’minot” AJ 86,3 ball bilan “yashil” samaradorlik ko‘rsatkichini qayd etgan 56 ta davlat organi qatoridan joy oldi.
2025-yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan bu yilgi baholashda 97 ta vazirlik, idora, muassasa va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati qamrab olindi. Baholash jarayoni 84 ta baholash mezonidan tarkib topgan 8 ta indikator asosida amalga oshirildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 66 ta davlat organi “yashil”, 22 tasi “sariq” va 9 tasi “qizil” samaradorlik ko‘rsatkichlarini qayd etdi.