Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgazta’minot” AJ hamda “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali tomonidan gaz ta’minoti filiali, uning shahar va tuman gaz ta’minoti bo’limlarida amaliy seminar tashkil etildi.
Uni kirish so’zi bilan "Hududgazta'minot" AJ "Mehnatni muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, sanoat xavfsizligi, favqulotda vaziyatlarni o'rganish va ularning oldini olish" boshqarmasi boshlig'i Abdusattor Qayumov ochib berdi. Shuningdek, gaz ta’minoti filiali direktori O’tkir Fayziyev so’zga chiqib, gaz ta’minoti filiali tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlar to’g’risida ta’kidladi.
Seminar ishtirokchilari “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filialidagi markaziy dispetcherlik xizmatida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishishdi. Shuningdek, tumanlarda kunlik gaz taqsimlash stansiyalaridan qabul qilib olingan gaz hajmlarini har bir yirik hududlar kesimida aholi xonadonlari hamda ulgurji tashkilotlarni gaz iste’molini filialning markaziy dispetcherlik xizmatida onlayn kuzatish va tahlil qilish imkoniyatining yaratilganligining taqdimoti qilindi.
Yer osti gaz quvurlarida texnologik yo‘qotishlarni qisqartirish maqsadida gaz ta’minoti bo‘limlarida olib borilayotgan ishlar Qorovulbozor tumani misolida ko’rsatildi.
Seminar qatnashchilari gaz ta’minoti filialida o‘quv-amaliyot xonasida o‘quv-amaliyot tartibi, jarayoni va o‘quv dastgohlarining ishlatilishi to’g’risidagi tushunchalari shakllantirildi. Soha xodimlarining bilimlari rivojlantirildi.
Ishtirokchilarning dastlabki manzillari Buxoro shahrini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi gaz taqsimlash punkti va elektro kimyoviy himoyalash stansiyasi faoliyatini tanishtirishdan iborat bo’ldi. Seminar ishtirokchilari joyida bo’lib, Buxoro shahri iste’molchilarini tabiiy gaz bilan bir maromda ta’minlashda ahamiyat qaratilishi lozim bo’lgan jarayonlar haqidagi qarashlarini shakllantirishdi.
Viloyatning olis hududi bo’lmish G’ijduvon tumani markazini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi gaz taqsimlash punkti bilan tanishgan mutaxassislarga bugungi kunga qadar olib borilgan ishlash tizimi tushuntirib berildi. Shuningdek, bino va inshootlar ostida qolgan gaz quvurlarini bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida muloqot qilindi.
Navbatdagi manzil Vobkent tumanidagi gaz to’ldirish punktida bo’ldi. Albatta, xodimlarning gaz ballonlarini to’ldirishda nimalarga rioya qilish zarurligi borasidagi amaliy ko’nikmalari o’rganildi.
Seminar ishtirokchilari Jondor tumani "Demun" MFY hududidagi yuqori bosimli gaz taqsimlash punktida ham amalga oshirilgan ishlar va servis xizmati yònalishida aholi iste'molchilariga kòrsatilgan xizmatlarni òrganib, tajriba almashishdi.
Shuningdek, Qorakòl tumanidagi "Sanoat tarmoģi", Olot tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik kòrish, iste'molchilarni ikki bosqichli tizim orqali tabiiy gaz bilan ta'minlash jarayoni bilan tanishgan mutaxassislarning tizim bilan boģliq taassurotlari boyitildi.
Seminarning ikkinchi kunida soha vakillari Qorovulbozor tumanidagi "Imom al-Buxoriy" MFYni ta'minlovchi yuqori bosimli gaz maromlash punktida bo'lib, jarayon bilan yaqindan tanishishdi. Taqdimot davomida mutaxassislar tomonidan batafsil ma'lumotlar berildi. Oldingi va bugungi holat o’zaro taqqoslanib, aholiga tabiiy gazni bir maromda yetkazib berish eng muhim vazifalardan ekanligi ta’kidlandi. O'zaro tajribalar almashildi. “Hududgazta’minot” AJ boshqaruv raisi o’rinbosari tomonidan vazifalarga yanada jiddiy yondashish, tajribalarni o’rganish asosida esa faoliyatga mas’uliyat bilan qarash lozimligi borasida vazifalar belgilab berildi. Muhimi, amaliy ko'nikmalar shakllantirildi.
"Hududgaz Buxoro" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati