Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Hammamizga ma’lumki, har qanday boylikni kelajak avlod uchun asrash, saqlash, uning ma’lum katta qismi dahlsizligini ta’minlashga faqat maqsadga muvofiq ravishda foydalanish, tejamlilik kabi yo‘llar bilan erishish mumkin. “Respublika gaz ta’minoti tizimini 2020-2022-yillar davomida istiqbolli rivojlantirish hamda mavjud tizimni yanada takomillashtirish” dasturi va sohaga oid boshqa bir qator hukumatimiz qarorlarida aynan mana shunday ijtimoiy-ma’naviy maqsadlar ko‘zda tutilganini yoddan chiqarmasligimiz zarur.
Surxondaryo viloyati iste’molchilarini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash filial zimmasidagi eng ustuvor vazifa hisoblanadi. Hozirgi kunda viloyat bo‘yicha 554 344 mingdan ziyod iste’molchilarga gaz yoqilg‘isi yetkazilmoqda. Shulardan 104 716 mingdan ortiq uy-joylarga, 1 853 ta ulgurji iste’molchilariga tabiiy gaz, 449 628 mingdan ortiq aholi xonadonlariga esa suyultirilgan gazga to‘g‘ri keladi.
Iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berilishida 20 ta gaz taqsimlash stansiyalari, 2 311,263 km uzunlikdagi gaz tarmoqlari va 2 468 dona gaz taqsimlash punktlaridan foydalanilmoqda.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali tarkibiga kiruvchi gaz ta’minoti filiallari balansi va xozirgi davrda foydalanishda bo‘lgan 1352 dona gaz taqsimlash qurilmalarining Iste’molchilar havfsizligini ta’minlash, tabiiy gazdan samarli foydalanish maqsadida “Hududgazta’minot” AJ tomonidan ko‘pgina innovasion loyihalar amalga oshirilmoqda. Joylarda yangi loyiha afzalliklari va xavfsizlik qoidalari bo‘yicha tushuntirishlar olib borilyapti. Tushuntirish ishlari samarasi natijasida, bugungi kunga qadar ulgurji iste’molchilarda 501 dona hamda aholi xonadonlarida o‘rnatilgan 2 851 dona manan eskirgan hamda energiya tejamkorlik talablariga javob bermaydigan isitish moslamalarining yondirgichlari avtomatik boshqaruv tizimiga, zamonaviy yondirgichlarga almashtirildi.
Viloyat hududidagi tabiiy gaz bilan ta’minlangan aholi xonadonlarida o‘rnatilgan 14 932 dona isitish moslamalarining 2 552 donasida hamda ulgurji iste’molchilarda o‘rnatilgan
559 gaz uskunalaridan 439 donasida yondirgich gorelkalari avtomatik boshqaruv tizimiga ega emasligi, manan eskirganligi hamda energiya tejamkorlik talablariga javob bermasligi aniqlandi.
Manan eskirgan, avtomatik boshqaruv tizimiga ega bo‘lmagan gaz jihozlaridan foydalanish oqibatida, tabiiy gazning ortiqcha sarflanishi bilan bir qatorda, portlash, yong‘in hamda tabiiy va is gazidan zaharlanish holatlari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lmoqda. Bu hol insonlarning turli xil tan jarohati olishi yoki o‘limi bilan yakunlanmoqda.Iste’molchilar havfsizligini ta’minlash, tabiiy gazdan samarli foydalanish maqsadida “Hududgazta’minot” AJ tomonidan ko‘pgina innovasion loyihalar amalga oshirilmoqda. Joylarda yangi loyiha afzalliklari va xavfsizlik qoidalari bo‘yicha tushuntirishlar olib borilyapti. Tushuntirish ishlari samarasi natijasida, bugungi kunga qadar ulgurji iste’molchilarda 2 851 dona hamda aholi xonadonlarida o‘rnatilgan 501 dona manan eskirgan hamda energiya tejamkorlik talablariga javob bermaydigan isitish moslamalarining yondirgichlari avtomatik boshqaruv tizimiga, zamonaviy yondirgichlarga almashtirildi.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati