Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filialida tashkil etilgan vaziyatlar markazida bo‘lib, tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minoti tizimini raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.
Ushbu markazda Namangan viloyatidagi barcha gaz taqsimlash shahobchalari orqali aholi hamda sanoat tarmoqlariga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz hajmlarini onlayn nazorat qilish, avtomatlashtirilgan tizimga ulangan zamonaviy aqlli gaz hisoblagichlar bilan jihozlangan 198996 ta aholi xonadonlari va 3265 ta ulgurji iste’molchilar iste’mol qilinayotgan tabiiy gaz hajmlari hamda iste’molchilar tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlarni abonentlar kesimida nazorat qilish bo‘yicha qulayliklar yaratilgan. Shuningdek, viloyatdagi 432155 ta iste’molchilarga yetkazib berilayotgan suyultirilgan gaz ta’minoti tizimi to‘liq avtomatlashtirilgan va doimiy onlayn nazorat o‘rnatilgan.
“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali tomonida qabul qilinayotgan tabiiy gaz hajmlarining yo‘qotish holatlarini qisqartirish hamda to‘liq barham berish maqsadida 14 ta shahar va tumanlar 51 ta yirik hududlarga ajratilib, ularning kirish qismiga zamonaviy elektron gaz hisoblash priborlari o‘rnatildi va avtomatlashtirilgan tizimga ulangan.
Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minoti tizimini raqamlashtirilishi natijasida inson omiliga to‘liq barham berilib, iste’molchi hamda tabiiy gaz yetkazib beruvchi o‘rtasidagi hisob-kitob shaffofligi ta’minlangan. Shu bilan birga, ishlatilgan tabiiy va suyultirilgan gaz uchun oldindan to‘liq to‘lov tizimi ham joriy etilgan.