Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Hududgaz Namangan" gaz ta’minoti filialida xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti bo‘yicha qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
"11-noyabr — Kasaba uyushmalari kuni" bayrami munasobati bilan ham filialning barcha bo‘limidagi xodimlar o‘rtasida musoboqalar o'tkazildi.
Ommaviy sportni rivojlantirish orqali xodimlar salomatligini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan mazkur musobaqada ishtirokchilar sportning shashka, stol tennisi va mini futbol turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdi.
Musobaqa yakunida g‘oliblikni qo‘lga kiritganlar sovg‘alar bilan taqdirlandi.