Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Yangiqo‘rg‘on tumanining “Oqtom” mahallasi Namangan viloyatining olis hududlaridan biri sanaladi. Qo‘shni Qirg‘iziston bilan chegaradosh ushbu hudud viloyat markazidan 80 km, tuman markazidan 45 km yiroqda joylashgan.
Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligidagi mutasaddi rahbarlar mazkur mahalla aholisi bilan muloqotda bo‘ldilar. Uchrashuv davomida kommunal sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish va aholi turmush tarzini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratildi.
Ta’kidlash joizki, ushbu hududga suyultirilgan gaz bir maromda, belgilangan rejaga ko‘ra yetkazib berilmoqda.
Mahalladagi mavjud 525 nafar iste’molchilarning barchasi ID kartaga ega, ular yil boshidan beri 70,4 tonna suyuq gaz bilan ta’minlangan bo‘lsa, noyabr oyining o‘zida 7,6 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi.