Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Joriy yilning 11-noyabr kuni ijtimoiy tarmoq orqali Namangan viloyatining Uychi tumanida yashovchi bir guruh aholi vakillari hududdagi elektr energiyasi va gaz ta’minotini yaxshilash masalasi bo‘yicha Energetika vaziri Jo’rabek Mirzamahmudovga murojaat yo‘llashdi.
Mazkur ishchi guruh hamda Uychi tumani hokimi va viloyatning tegishli mutasaddilari mavjud vaziyatni o‘rganib, energiya ta’minotidagi muammolarni bartaraf etish maqsadida tumanning “Birlashgan”, “Yorqo‘rg‘on”, “Jiydakapa” mahallalarida aholi vakillari bilan sayyor uchrashuvlar tashkil etdi.
Muloqot davomida hudud ahlidan 43 ta murojaat kelib tushdi, shundan 32 tasi elektr energiyasi, 9 tasi gaz, 2 tasi esa ko‘mir ta’minoti bilan bog‘liq.
Yo‘llangan murojaatlar tegishli sohalarga biriktirildi va belgilangan muddatda yechimga keltirish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
“Hududgaz Namangan” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati