Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
«Hududgaz Namangan» gaz ta’minoti filiali rahbari Shavkatjon Ataxanov Namangan shahridagi 43-maktabda bo‘lib, yuqori sinf o‘quvchilari bilan “Kelajakdagi kasbim” mavzusida suhbatlashdi.
Muloqot davomida ma’rifat dargohida ta’lim jarayonlarining tashkil etilishi, o‘quvchi-yoshlarga yaratilgan qulaylik va imkoniyatlar xususida so‘z bordi.
Filial rahbari o‘zining hayot yo‘li, ibratli faoliyati, xususan, bolalik davri, o‘quvchilik yillari haqida so‘zlab berdi. Kitobga, sportga oshno bo‘lish, yaxshilarga ergashish, zamon bilan hamnafas yashash, ustozlarga va ota-onaga hurmat ko‘rsatish, ularni e’zozlash zarurligini aytib, har bir farzand, o‘quvchi kamolotida bu juda muhimligini ta’kidladi. Yoshlarni fanlarni chuqur va mukammal o‘rganishga, kasb-hunarga bo‘lgan orzu-maqsadlari ro‘yobiga erishishga, yurt ertasiga munosib ulg‘ayishga chorladi, o‘quvchi-yoshlar esa o‘z qiziqish va intilishlaridan kelib chiqib, savollariga javoblar olishdi.
Samimiy tarzda o‘tgan uchrashuv yakunida filial rahbari tomonidan maktab kutubxonasi uchun kitoblar to‘plami sovg‘a qilindi. Shuningdek, a’lochi va tashabbuskor o‘quvchilardan 2 nafariga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari tuhfa etildi.
«Hududgaz Namangan» gaz ta’minoti filiali matbuot xizmat