Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali tomonidan iste’molchilarga qish-qirovli kunlarda ham bir maromda suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda.
Yog‘ingarchilik bo‘lishiga qaramay, aholining ta’minotga bo‘lgan ehtiyoji inobatga olingan holda hududlarga belgilangan grafik asosida suyuq gaz yetkazilyapti.
Ta’kidlash joiz, gaz ballonlar mahallalarga biriktirilgan chilangarlar tomonidan transport vositasidan xonadongacha maxsus aravachalarda olib borilib, o‘rnatib berilmoqda, transport vositalari yurolmaydgan hududlarda esa xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda aholi xonadonlariga olib kirib berilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, dekabr oyining dastlabki 7 kunida 75921 nafar suyultirilgan gaz iste’molchilari 1516 tonna suyuq gaz bilan ta’minlandi.
“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati