Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Uychi tumanida gaz ta’minotini yaxshilash, hisobini yuritish va nazoratini amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Tumandagi 11 427 ta aholi xonadonlariga zamonaviy elektron gaz hisoblagichlari o‘rnatildi. Natijada hududdagi gaz iste’moli hajmlarini “onlayn” rejimda masofadan nazorat qilish va tahlilini yuritish imkoniyati yaratildi.
ASKUG dasturi doirasida aholi xonadonlariga tabiiy gaz yetkazib berishni 3 bosqichli tizimdan 2 bosqichli tizimga o‘tkazilib, har bir xonadonga reduktor o‘rnatildi.
2020 yilda aholi xonadonlariga 409 dona gaz taqsimlash kurilma(GRP)lari orqali tabiiy gaz yetkazib berilgan bo‘lsa, 2 bosqichli tizimga o‘tkazilganidan so‘ng 394 ta gaz taqsimlash qurilmalari demontaj qilindi.
Hozirgi kunda tumandagi tabiiy gaz iste’molchilariga 3 dona yuqori, 12 dona o‘rta bosimli jami 15 dona gaz taqsimlash qurilmasi orqali tabiiy gaz yetkazib berilmoqda.
“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati